Samarqandda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
2025-11-27 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Urgut tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini joyida hal etish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jurayev, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati vakillari ishtirok etib, har bir masala yechimi bo‘yicha aniq choralarni belgilab olishdi.


