Oilaviy tadbirkorlik — farovonlik kaliti
2025-11-26 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Toshkent viloyatida aholi muammolarini hal etish, bandlikni oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi Bo‘stonliq tumanining mahallalarida o‘rganishlar olib bormoqda.
- 100 million so‘m imtiyozli kredit olib, 10 nafar fuqaroni ish o‘rni yaratgan “Avto maktab” rahbari.
- Hokim yordamchisi ko'magida qandolatchilikni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayol "ijtimoiy daftarlar"dagi 10 nafar mahalladoshini ish bilan ta’minladi.
- Imkoniyatlardan samarali foydalanib, xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochgan D. Akberova 11 nafar ishsiz xotin-qizni ish bilan band qildi.
- Subsidiya asosida tikuvchilikni yo'lga qo'yib, daromad manbaiga ega bo‘lgan qiz endi ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan xotin-qizlarga ko'maklashmoqda.


