Ummatoy Yo‘ldosheva — “TechWomen-2025” g‘olibi
2025-11-11 14:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo‘ldosheva 40 kun davomida xalqaro TechWomen dasturida ishtirok etib, Meta kompaniyasida stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
TechWomen — 2011-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, ayollarni texnologiyalar sohasida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan AQSh Davlat Departamenti tashabbusi hisoblanadi. Har yili dunyoning turli davlatlaridan 6 000 dan ortiq ariza kelib tushadi va ulardan atigi 22 ta davlatdan 80 nafar eng kuchli mutaxassis tanlab olinadi.
Ummatoy Yo‘ldosheva ana shu yuqori raqobatli tanlovda munosib deb topilib, O‘zbekiston nomidan "TechWomen-2025" dasturida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Dastur davomida u Google, Meta, Apple, Intel va Salesforce kabi yetakchi global kompaniyalarga tashrif buyurib, ularning rahbarlari bilan uchrashdi. Shuningdek, Meta kompaniyasida ustoz-shogird (Mentorship) modeli asosida amaliy tajriba orttirdi va ilg‘or texnologik jarayonlarni o‘rgandi.
TechWomen tajribasi O‘zbekistonda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, ayollarni texnologiya sohasiga jalb etishni kuchaytirish hamda bandlik siyosatini global tajribalar bilan boyitishda muhim o‘rin tutadi.



