Paxta terimida to‘lov masalasi nazoratda!
2025-11-13 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mavsum davomida jami 63 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 32 tasi terim pullari to'lanmaganligi bo'yicha bo'lib, shundan 29 tasi ijobiy hal qilindi.
“Daryo” internet nashrida e'lon qilingan "Andijonda terimchi ayollar bir oydan buyon paxta pulini ololmayapti" sarlavhali maqola yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tekshiruv o‘tkazdi.
Natijada "Marhamat tekstil” MCHJ klasteridan 600 mln so‘m terim pullaridan qarzdorlik undirildi.
Hurmatli terimchilar!
Agar siz paxta terimi uchun belgilangan mehnat haqingizni ololmagan bo‘lsangiz yoki to‘lov kechiktirilayotgan bo‘lsa, bu holat mehnat huquqlaringizning buzilishi hisoblanadi.
O‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling:
- 1176 – Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qisqa raqami.
- (71) 200-06-00 – Ishonch telefoni.
- @munosibmehnat_bot – Davlat mehnat inspeksiyasining rasmiy telegram boti.
Har bir terimchi o‘z mehnatiga munosib haq olishi shart! Qonun siz tomonda!
