Аtamalar lug‘ati
Asosiy atamalar va tushunchalar
Asosiy atamalar va tushunchalar
Veb-sayt va elektron xizmatlardan foydalanishda uchraydigan muhim atamalarning qisqa, sodda va tushunarli izohlari.
Sayt
Doimiy ravishda Internet tarmog‘iga ulangan maxsus kompyuterlarda — veb-serverlarda joylashtirilgan veb-sahifalar va boshqa axborot fayllari majmui.
Bosh sahifa
Veb-saytga kirilganda birinchi bo‘lib ochiladigan, asosiy bo‘limlar va muhim ma’lumotlarga yo‘naltiruvchi sahifa.
Ochiq ma’lumotlar
Ko‘p marotaba, mustaqil va bepul foydalanish uchun Internet tarmog‘ida tizimlashtirilgan holda joylashtiriladigan hamda avtomatik qayta ishlash imkonini beruvchi formatdagi ma’lumotlar.
FAQs
Foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollar va ularga tayyorlangan qisqa hamda tushunarli javoblar ro‘yxati.
Ishonch telefoni
Fuqarolarning telefon orqali murojaatlari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish uchun tashkil etilgan aloqa tizimi.
Saytning mobil versiyasi
Veb-saytdan mobil telefon yoki planshet orqali qulay foydalanishni ta’minlaydigan moslashtirilgan ko‘rinish. Sayt qurilmani avtomatik aniqlamasa, tegishli tugma orqali mobil versiyaga o‘tish mumkin.
Tadbirkorlik subyekti
Belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Normativ-huquqiy hujjat
Qonunchilikda belgilangan shaklda qabul qilinadigan, umummajburiy davlat qoidalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat.
