Agentlik haqida
Agentlik respublikada agrosanoat sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish orqali sanoatlashgan yangi intensiv (sermahsul) bog‘ va toqzorlarni (keyingi o‘rinlarda — yangi bog‘lar) barpo qilish loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, bog‘dorchilik sohasi va issiqxona xo‘jaligida boshqaruv va ularni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, resurs-tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirishga ko‘maklashish sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyati organi hisoblanadi.
-
Intensiv (sermahsul) mevalik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish;
-
Zamonaviy resurs-tejamkor texnologiyalarni, jumladan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda intensiv (sermahsul) bog‘ hamda issiqxona xo‘jaliklari maydonlarini kengaytirish choralarini ko‘rish;
-
Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligida ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va innovatsion agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish;
-
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni sanoatlashtirish, shuningdek, mevali bog‘ va uzumzorlarni tayyor holda barpo etish hamda ularni tashabbuskorlarga sotish choralarini ko‘rish, yangi bog‘lar oralig‘iga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishini va ulardan samarali foydalanilishini tashkil etish;
-
Sohada "daladan dasturxongacha" tamoyili asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga ko‘maklashish, meva va uzum mahsulotlarini yetishtiruvchi sub’yektlarni rivojlantirish hamda xalqaro standart talablarini joriy etishga ko‘maklashish;
-
“In-vitro” laboratoriyalarida kafolatlangan, virusdan xoli bo‘lgan ko‘chatlar yetishtirishni rag‘batlantirish mexanizmini hamda ko‘chatlarni sertifikatlashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
-
Meva va uzum navlarining milliy brendlarini yaratish choralarini ko‘rish, meva va uzum mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, milliy brendlarni targ‘ib qilish, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, tashqi bozorlarga chiqish, eksport geografiyasi va mahsulot turlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
-
Intensiv (serhosil) bog‘dorchilik, uzumchilik va himoyalangan joylarda sabzavotchilik bo‘yicha zamonaviy bilim va tajribalarni tatbiq qilish ishlarini tashkil etish;
-
Fermer va dehqon xo‘jaliklariga hamda tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘maklashish maqsadida Agentlik rasmiy veb-saytida yangi bog‘larni barpo etish maqsadidagi ochiq elektron tanlovlarni, ko‘chatchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik yoki “In-vitro” laboratoriyalari hamda tashkil etilgan yangi bog‘larning reestrini, malakali agronomlar va import qilishda bojxona bojlaridan ozod etiladigan mevali ko‘chatlar va payvandaglar, payvandustlari, onalik materiallari ro‘yxatini, balli baholash tizimi bo‘yicha meva va uzum mahsulotlari yetishtiruvchilar reytingini e’lon qilib borish.
