Geoaxborot tizimi
2022-yildagi asosiy natijalar
Geoaxborot texnologiyalarini joriy etish, ma’lumotlarni raqamlashtirish, monitoring va tahlil imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha bajarilgan ustuvor ishlar.
Xalqaro munosabatlar
Koreya Respublikasi bilan hamkorlik
Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlari vazirligi (MAFRA) hamda Yer, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) bilan hamkorlikda 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonning Toshkent viloyatida iqlim o‘zgarishiga javob beruvchi geofazoviy ma’lumotlarga asoslangan raqamli qishloq xo‘jaligi platformasini ishlab chiqish” loyihasini ODA liniyasi orqali amalga oshirish bo‘yicha grant taklifi ishlab chiqildi.
GIZ ECO-ARAL o‘quv dasturi
Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasining ikki nafar mutaxassisi Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati — GIZ GmbHning “Orolbo‘yi mintaqasida ekologiyaga yo‘naltirilgan rivojlantirish” (ECO-ARAL) loyihasi doirasida GIZ GmbH, Berlin Rayner Lemoine instituti va Markaziy Osiyo Amerika universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Geoaxborot tizimlari va yerni masofadan zondlash” mavzusidagi uch bosqichli o‘quv kurslarida malaka oshirdi.
