"Ilmli ayol: barqaror jamiyat sari"


Qishloq ayollariga ehtirom va e’tibor
🌷 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xodimlari qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar holidan xabar olib, ularni ushbu sana bilan samimiy muborakbod etdilar.
👩🔬 Unda mamlakatimiz agrar tarmog‘ini rivojlantirish, bog‘dorchilik va issiqxona sohalarida yuqori natijalarga erishishda qishloq ayollarining munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
✍️ Shuningdek, ularning fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki yuksak qadrlanishi ta’kidlandi.
➡️ Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlar davomida xotin-qizlarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning sharafli mehnati uchun minnatdorlik izhor etildi hamda bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.
✅ Zero, qishloq ayollarining mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Gender tenglik
Agrosanoatni rivojlantirish agentligida gender tenglikka alohida e’tibor
Gender tenglik — adolatli va barqaror taraqqiyot mezoni
Xotin-qizlarning mehnatini qadrlash, ularning huquq va imkoniyatlarini teng ta’minlash — Agentlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilinayotgan davlat dasturlarida ayollar huquqlarini mustahkamlash, ularni himoya qilishning institutsional asoslarini kuchaytirish va aholining gender tenglik bo‘yicha xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Agrosanoatni rivojlantirish agentligida ham ushbu yo‘nalishda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xodimlar, xususan, ayollar mehnatini qadrlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish maqsadida qulay mehnat sharoitlarini yaratish, imkoniyat va huquqlar tengligini ta’minlash bo‘yicha doimiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Agentlikda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnati yuksak baholanib, ular tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bu nafaqat ularning mehnatiga bo‘lgan ehtirom va minnatdorlik ifodasi, balki jamiyatda gender tenglikni mustahkamlash yo‘lidagi yuksak e’tiborning yorqin namunasidir.
Fotolavhalar
Tadbirdan lavhalar