Davlat xizmatlari ro‘yxati
Mavjud Qo‘llab-quvvatlash Yo‘nalishlari
Xorijiy agronom va entomologlarni jalb qilish
Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash.
Xalqaro sifat tizimi va laboratoriya uskunalari
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish uchun subsidiyalar.
Xorijiy mutaxassislarni jalb qilish
Mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish.
Issiqxonalarga malakali mutaxassislarni jalb qilish
Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash.
Ko‘mir yoqilg‘isidagi qozonlarni xarid qilish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.
Sovitkichli sig‘imlarni qurish va jihozlash
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarini qoplash.
Limon issiqxonalariga muqobil energiya
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash.
Yangi limonzorlarni barpo etish
Yangi limonzorlarni barpo etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash.
Limon ko‘chatlarini xarid qilish
Limon koʻchatlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash.
Intensiv meva va tok ko‘chatlarini sotib olish
Qishloq xoʻjaligi birlashmalari, meva-sabzavot klasterlari va tadbirkorlarga mahalliy intensiv koʻchatlar (pakana/yarim pakana), xoʻraki va kishmishbop tok koʻchatlarini sotib olish uchun subsidiya.
Uzum quritish va qadoqlash liniyalari
Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.
Vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish
Vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.
“In-vitro” payvandtagli ko‘chatlarni xarid qilish
“In-vitro” sharoitida koʻpaytirilgan payvandtagli meva va tok koʻchatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.
