“Zakovat” intellektual o‘yini
2025-09-08 11:00:00 / Yangiliklar

#zakovat #mustaqillik_kubogi #agrosanoat
Joriy yilning 7-sentabr kuni vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Mustaqillik kubogi o‘tkazildi.
🔹 Ushbu intellektual o'yinda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi yoshlari jamoasi ham faol ishtirok etdi.
🔹 Agentlik nomidan ishtirok etgan yoshlar o'z bilim va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etib, sertifikat bilan taqdirlandilar.
Ushbu yutuq yoshlarimizning bilim va tafakkurga bo‘lgan intilishlarini yana-da kuchaytirib, kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlariga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mazkur musobaqada qatnashgan yoshlarni samimiy tabriklaydi va kelgusi intellektual bellashuvlarda ham ularga muvaffaqiyat tilaydi!





