Prezident farmoni amalda
2026-10-10 16:00:00 / Yangiliklar

📌 Prezidentimizning 2026-yil 9-iyundagi"Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari" to'g'risidagi PF-108-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori — Nurali Abdullayev Samarqand viloyatida boʻldi.
Oʻrganishlar davomida Agentlik direktori Paxtachi tumani hokimi - Qayum Xushbakov bilan tumanning "Do‘ng" mahallasidagi lalmi yaylov yerlaridan samarali foydalanish maqsadida, qurilayotgan 5 ming kub metrli hamda kelajakda qurilishi rejalashtirilgan 16 ming kub metrli hovuzni borib koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, loyiha doirasida barpo etilishi rejalashtirilgan 500 gektarli va kelgusida 1000 gektarga yetkazilishi rejalashtirilgan pistazor maydoni bilan tanishdi.
Ma'lumot uchun:
Mazkur pistazorni barpo etishda Eron Islom Respublikasi investorlari bilan hamkorlik muzokaralari olib borildi.
Ayni kunlarda loyihaga qiziqish bildirgan eronlik investorlar hududdagi yer maydonlarini ko‘zdan kechirib, yerning tarkibi va imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida tuproq namunalarini olishmoqda.
Loyiha doirasida xalqaro bozorda yuqori talabga ega bo‘lgan Akbari va Ahmad Aghaei pista navlarini yetishtirish ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur navlar yirik mevasi, yuqori tovar sifati va eksportbop xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Pista daraxtlari agrotexnik sharoitlarga qarab 4–6-yilda dastlabki hosilga kirishi, to‘liq hosildorlik davrida esa intensiv parvarish sharoitida har gektaridan 3 tonnagacha mahsulot yetishtirish imkonini beradi.
Ushbu pistaning bir kilosi 14-15$ atrofida sotiladi.
✅ Bu kabi loyihalar lalmi yerlardan samarali foydalanish, yangi pistazorlar barpo etish va hududning investitsiyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.



