Fargʻona viloyatida yer maydonlari holati o‘rganildi
2026-10-06 17:00:00 / Yangiliklar

📌 Prezidentimizning 2026-yil 9-iyun "Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari" to'g'risidagi PF-108-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori — Nurali Abdullayev Fargʻona viloyatida boʻldi.
Unda viloyatidagi samarasiz bogʻlarni zamonaviy bogʻga aylantirish, eski yoki foydalanilmayotgan yerlarni oʻzlashtirish hisobiga yangi sanoatlashgan intensiv bogʻlarni yaratish masalasi oʻrganildi.
🟢 Jumladan, Fargʻona tumanidagi oʻzlashtirilmagan 500 gektarli adirliklarda kelgusi ikki yil davomida sanoatlashgan bog' barpo etish rejalashtirilgan.
📌Ayni kunlarda bog'ni barpo etish ishlari boshlangan bo'lib, shaftoli hamda gilos ko'chatlarini ekish ko'zda tutilgan.
📌 Shuningdek oʻrganishlar davomida Farg'ona tumanida unumdorligi past bo'lgan paxta maydonlari o'rnida zamonaviy bog' va tokzorlarni yaratish ham belgilab olingan. Agentlik direktori ushbu manzilda ham bo'lib, mazkur maydonda samarali bog' barpo qilish yuzasidan mutaxassislar bilan birgalikda aniq vazifalar belgilab olindi.
✅ Mazkur o‘rganishlar yer resurslaridan samarali foydalanish, hududning agroiqlim imkoniyatlarini baholash hamda istiqboldagi agrotexnik tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
Unda: Agentlik direktori fermer, dehqon va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
➡️ Muloqot davomida, barcha yigʻilganlarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflar tinglandi hamda mutasaddilarga joyida, tizimli o'rganish va hal etish topshirigʻi berildi.
Muloqot yakunida bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
✅ Ularning ijrosini nazorat qilish hamda murojaatchilar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.







