"Siyosiy–ma’rifat soati"
2026-10-09 09:10:00 / Yangiliklar
Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparat xodimlari uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga yo‘naltirilgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.

Siyosiy ma’rifat soati doirasida Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Mustaqillikning 35 yilligi bayramidagi nutqida ilgari surilgan birinchi milliy dastur – bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirish dasturi mohiyati to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, 21-oktabr — O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan xodimlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozma nutqi bo‘yicha bilimlarini aniqlashga qaratilgan diktant o'tkazildi.






