Bogʻdorchilikda yangi imkoniyatlar ishga solinyapti
2026-09-21 12:00:00 / Yangiliklar
Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston–Eron qishloq xo‘jaligi biznes-forumi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Forum avvalida Eron delegatsiyasi bilan agrosanoat sohasida hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuvda:
Eron Islom Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri - G‘ulomrizo Nuri,
Qishloq xoʻjaligi vaziri - Ibrohim Abdurahmonov,
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori - Nurali Abdullayev, mutasaddi va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
➡️ Unda ikki mamlakat agrar sohadagi hamkorligini rivojlantirish, istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, biznes-forum doirasida erishiladigan kelishuvlarni amaliy loyihalarga aylantirish, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






