"Siyosiy–ma’rifat soati"
2026-09-18 09:05:00 / Yangiliklar
Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparat xodimlari uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga yo‘naltirilgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.

Ushbu tadbir Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.
📌 Unda: Toshkent davlat agrar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti — Husan Xushvaqtov ma’ruza qildi.
Ma'ruza davomida davlatimiz rahbarining nutqida ilgari surilgan ustuvor g‘oyalar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining strategik maqsadlari, inson qadri, milliy o‘zlik va tarixiy xotirani asrash, jamiyatda birlik va hamjihatlikni mustahkamlash masalalarining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati xususida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, ma’ruzada mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan tarixiy yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmuni hamda kelgusidagi taraqqiyot yo‘nalishlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi.
✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashib, belgilangan ustuvor vazifalarni faoliyat jarayonida samarali tatbiq etishning muhim jihatlarini muhokama qildilar.






