Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
2026-08-28 09:05:00 / Yangiliklar
Agrosanoatni rivojlantirish agentligida bayram shukuhi davom etmoqda !

📌 Bugun "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi" munosabati bilan Agentlik xodimlari o'rtasida vatanparvarlik tuyg'ularini yanada yuksaltirish va ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida maxsus ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
➡️ Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi — Tulkin Kuyliyev mehmon sifatida ishtirok etib, o'zining sermazmun va qiziqarli taqdimot ma'ruzasi bilan yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Mustaqillik bayrami arafasida — vatanparvarlik, milliy g'urur va fidoyilik mavzularini o'zida jamlagan ushbu uchrashuv barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.






