Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi
2026-08-27 11:00:00 / Yangiliklar

Mustaqillik yillarida xususan keyingi 10 yil davomida Prezidentimiz tashabbuslari asosida mamlakatimizda har bir sohani isloh etish boʻyicha katta qadam tashlandi.
Eng avvalo bu islohotlarda xalq manfaati ustuvorligi, ularga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadi borligi katta ahamiyatga ega.
Ushbu islohotlarga bugun koʻplab yurtdoshlarimiz oʻz mehnatlari va ilm, salohiyatlari bilan katta hissa qoʻshishmoqda.
Ular orasida albatta Agrosanoatni rivojlantirish agentligining faollari ham bor.
🎖 Bugun Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori — Nurali Abdullayev boshchiligida o'tkazilgan tadbir ham ayni mustaqilligimizning 35 yillik bayramiga bag'ishlandi.
Unda: Agentlik direktori bugungi kunda mustaqillikni xalqimizga bergan cheksiz imkoniyatlari va albatta Prezidentimizning qishloq xo'jaligiga xususan agrosanoatni rivojlantirishga qaratilgan e'tiborlari alohida ta'kidlab o'tildi.
➡️ Ushbu tadbirning asosiy qismida mustaqillikni 35 yilligi esdalik nishonlari agentlikning bir qator faol xodimlariga tantanali topshirildi.









