Ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2026-08-03 09:05:00 / Yangiliklar
Bugun Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori — Nurali Abdullayev boshchiligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda: Markaziy apparat xodimlari hamda Zoom platformasi orqali hududiy bo'lim boshliqlari ham ishtirok etishdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda agrosanoat sohasida olib borilayotgan ishlar hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni yaratish masalasi koʻrib chiqildi va hududlar kesimida tahlil etildi,
Agentlik oldidagi muhim vazifalar, hududlarda joylarni oʻzlashtirish va zamonaviy sanoatlashgan bog'larni barpo etish borasidagi ishlar muhokama qilindi,
TIA (Texnik iqtisodiy asos) ishlab chiqishda puxta yondashish masalasiga alohida urg'u qaratildi.
Shuningdek,
Hududiy bo'lim boshliqlariga PF-108-sonli Farmon bo'yicha Respublikada 2026-yilda barpo etish rejalashtirilgan bog' va tokzorlarni ijrosini o'z vaqtida bajarish,
Kuzgi mavsumda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda bog' va tokzorlarni yaratishda puxta tayyorgarlik ko'rish,
Korrupsiya omilini oldini olishda ishlarni tizimli amalga oshirish,
Ijro intizomida berilgan topshiriqlar ijrosini o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash va nazoratga olish ta'kidlandi.
✅ Yig‘ilish yakunida kelgusi davr uchun muhim vazifalar belgilab olindi hamda o'rtaga tashlangan barcha muammo va masalalar bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.









