"Kasbiy–ma’rifat soati"
2026-07-24 09:10:00 / Yangiliklar

➡️ Ushbu tadbir agentlik xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning faoliyatida shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni samarali bajarishga qaratildi.
Shu bilan birga, tadbir doirasida "30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni" munosabati bilan Agentlik tizimida umummilliy totuvlik, millatlararo hamjihatlik va bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Biz – yagona Vatan farzandlarimiz”, “Oʻzbekiston – yagona Vatan”, “Qoʻshnichilik va bagʻrikenglik saboqlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.
✅ Shuningdek, tadbir yakunida xodimlarning kasbiy etikasi, qonunchilik asoslari bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ham berib oʻtildi.






