“Kasbiy-ma’rifat soati”
2026-06-26 09:00:00 / Yangiliklar
Bugun Agrosanoatni rivojlantirish agentligida xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va tizimli axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi "Kasbiy-ma’rifiy soati" o‘tkazildi.

📈 Unda: Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi — Kozim Oripov ma’ruza-taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Mazkur taqdimotda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-1155-sonli Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirish berib o'tildi.
Yig'ilish yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ushbu yo‘nalishdagi faoliyat yuzasidan aniq va asosli javoblar olishdi.









