“Kasbiy-ma’rifat soati”
2026-06-19 09:00:00 / Yangiliklar
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida tizim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida videokonferensaloqa orqali “Kasbiy ma’rifat soati” tashkil etildi.

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida tizim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida videokonferensaloqa orqali “Kasbiy ma’rifat soati” tashkil etildi.
⏩ Agrosanoatni rivojlantirish agentligi markaziy apparati xodimlari ham Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.
📌 Unda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-fevraldagi VMQ–49-son qarori bilan tasdiqlangan milliy koordinatorlar tizimini joriy etish hamda ushbu tizimning qishloq xo‘jaligi sohasidagi ahamiyati va amaliy jihatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligi huzuridagi Respublika aerogeodeziya markazi direktorining o‘rinbosari — Shuhrat Mayinov mavzu bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
💬 Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
✅ Mazkur “Kasbiy ma’rifat soati” tizim xodimlarining sohaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, milliy koordinatorlar tizimining mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga xizmat qildi.









