"Kasbiy–ma’rifat soati"
2026-06-12 09:30:00 / Yangiliklar
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi markaziy apparati xodimlarini uchun kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish

Bugun Agrosanoatni rivojlantirish agentligi markaziy apparati xodimlari uchun kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan navbatdagi "Kasbiy-ma’rifat soati" tashkil etildi.
- Tadbir davomida xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xizmat faoliyatida mas’uliyat va tashabbuskorlikni yanada mustahkamlash hamda Agentlik oldida turgan ustuvor vazifalarni samarali va sifatli amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
- Shuningdek, Agentlik direktorining o‘rinbosari Xayrullo Soliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF–108-son "Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Farmon ijrosi doirasida Agentlik zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari xodimlarga yetkazildi.
➡️ Tadbir yakunida xodimlarning kasbiy etikasi va amaldagi qonunchilik bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash, xizmat faoliyatida qonuniylik hamda odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.









