Niderlandiyaning yetakchi universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-06-10 10:15:00 / Yangiliklar
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nurali Abdullayev Wageningen University & Research vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📍 Niderlandiyadagi amaliy tashrif doirasida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nurali Abdullayev Wageningen University & Research vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida:
- agrar ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish;
- zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish;
- ilmiy tajriba va bilimlar almashinuvini kengaytirish;
- mutaxassislar malakasini oshirish va kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
✅ Mazkur uchrashuv hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashish imkonini berdi.
📌 Ma’lumot uchun:
Wageningen University & Research (WUR) agrar ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida dunyoning yetakchi universitet va tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi. Universitet qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha ilg‘or ilmiy ishlanmalari bilan tanilgan.



