Niderlandiya bilan agrosanoat sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda
2026-06-09 10:00:00 / Yangiliklar

Niderlandiya bilan agrosanoat sohasidagi hamkorlik yangi bosqichd
Ayni kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasi Niderlandiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamda Niderlandiyaning yetakchi ta’lim va amaliy tayyorgarlik markazlaridan biri — AERES Training Centre vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nurali Abdullayev
AERES universiteti Ijroiya kengashi prezidenti Rien Komen ishtirok etdi.
🤝 Muzokaralar davomida:
— bog‘dorchilik yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish;
— soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash;
— ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish;
— mavjud muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
✅ Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra:
➡️ Joriy yilning iyul oyida AERES Training Centre vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
➡️ Niderlandiyaning ilg‘or tajribasi asosida agronomlar va soha mutaxassislarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga qaratilgan hamkorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
📌 Mazkur hamkorlik bog‘dorchilik sohasida zamonaviy bilim va tajribalarni joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. shu uslubda professionalno rasmiy kanal uchun tahrirlab ber






