“Kasbiy-ma’rifat soati”
2026-04-17 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining markaziy apparat xodimlari uchun kasbiy bilim va malakalarni oshirishga yo‘naltirilgan navbatdagi “Kasbiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.

📌 Unda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida aholining keng qatlami, shu jumladan, voyaga yetmagan va yoshlarni narkojinoyatlarning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari to‘g‘risida ogohligini oshirish hamda giyohvandlikning barvaqt oldini olish yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir orqali aholining, ayniqsa yoshlarning ularning huquqiy ongi oshirilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
✅ Shuningdek, mazkur tadbir xodimlarning siyosiy va kasbiy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.









