Yoshlar bilan uchrashuv
2026-03-12 16:10:00 / Yangiliklar

Unda:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Jamshidjon Abduzuxurov,
Meva-uzumchilik, sabzavot, poliz va kartoshkachilikni rivojlantirish boshqarmasi — Zafar Artiqov,
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktor o'rinbosari v.v.b — Xayrullo Soliyev ishtirokida markaziy apparat xodimlari hamda Zoom platformasi orqali hududiy mutaxassislar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Ma'lumot uchun:
2026-yil 24-fevral kuni Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilgan edi. Unda yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida muhim tashabbuslar ilgari surildi. Mazkur tashabbusga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni vazirlik, idora, tashkilot hamda mahalliy hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan edi.
➡️ Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda agrosanoat sohasida yoshlarning o‘rni va faolligini yanada oshirish, ularning ushbu sohaga oid innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bildirilayotgan takliflarni tizimli o‘rganish hamda ularni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.









