Ustuvor vazifalar yuzasidan yig'ilish
2026-01-19 09:15:00 / Yangiliklar

Unda: Agentlik rahbari markaziy apparat xodimlari hamda Zoom platformasi orqali hududiy bo'lim boshlig'i uchun yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilish davomida Agentlik tomonidan 2026-yil uchun belgilangan rejalarni tizimli va samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Raqamlashtirish jarayonlarini (Platforma) to‘liq yakunlash hamda yangi barpo etilayotgan bog‘larni mazkur tizimga kiritish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi keskin kurashish choralari yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tilib unda :
ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha agentlik rahbariga har hafta hisobot berib borishi belgilandi.
viloyat bo‘lim boshliqlariga o‘z hududlarida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda qat’iy nazoratga olish topshiriqlari berildi.
Shuningdek, ijro intizomi, issiqxonalar faoliyati bilan bog‘liq masalalar hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida mazkur topshiriqlarni o'z vaqtida samarali bajarish va tizimli ish tashkil etish muhim vazifa etib belgilab berildi.









