Korrupsiyaga qarshi kurashish
2025-12-26 09:10:00 / Yangiliklar

#korrupsiya #davra_suhbati #agrosanoat
Davra suhbati
📌 Joriy yilning 26-dekabr kuni Agrosanoatni rivojlantirish agentligida Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i — Rasuljon Nuritdinov “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati o'tkazdi.
🔠 Tadbir davomida agentlik xodimlariga korrupsiyaga qarshi samarali kurashish usullari, shaffoflik va axloqiy me’yorlarni mustahkamlashning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
➡️ Davra suhbati yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi faollik ko‘rsatish va axloqiy qadriyatlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi hamda shaffof ish muhitini ta’minlashga doir tavsiyalar berib o'tildi.
➡️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasidagi “Komplayens va korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusidagi nutqiga alohida e’tibor qaratilib, mazmuni batafsil tushuntirildi.



