audio

    0+
    Samarqandda oziq-ovqat sanoati sohasida yirik loyiha amalga oshirildi

    Joriy yilning 15-may kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Samarqand viloyatida “Coca-Cola” alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan zavodning ochilish marosimida ishtirok etdi.

    Tadbirda, shuningdek, “The Coca-Cola” kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Quincey va “ANADOLU GROUP” boshqaruvi raisi Tuncay Ozilxon ham qatnashdi.

    Ma’lumot uchun: bugungi kunda “Coca-Cola” kompaniyasining Toshkent, Urganch shaharlari va Namangan viloyatida jami 500 million dollarlik 3 ta zavodi faoliyat ko‘rsatadi. 1500 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. Har yili taxminan 171 million unit case ishlab chiqariladi, bu 900 million litrdan ortiq ichimliklardir.

    Foydalanishga topshirilgan 80 million dollarlik yangi korxonaning maydoni 18,5 gektarni tashkil etadi. Bu yerda yiliga 280 million litr ichimlik ishlab chiqariladi, 200 ish o‘rni yaratildi.

    Shuningdek, kompaniyaning 2025-yil mart oyida Namangan shahrida 50 million dollarlik yangi liniyani ishga tushirish bo‘yicha rejalari ham ma’lum qilindi. Shu bilan birga, mamlakatimiz oziq-ovqat sanoatiga sarmoya jalb etish va yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

    O‘z navbatida, “The Coca-Cola kompaniyasi” va “ANADOLU GROUP” rahbarlari O‘zbekistonda xorijiy investorlar uzoq muddatli loyihalarni ishonch bilan amalga oshirishlari uchun yaratilgan sarmoyaviy muhitni yuqori baholadilar va mamlakatimizda o‘z bizneslarini yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    • view_icon 147
    : 2024-05-15 23:40:09