Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti 07.00.06-arxeologiya ixtisosligi bo‘yicha 2025-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lajak tinglovchilarni qabul qiladi.
2024-09-06 10:50:00 / Yangiliklar
✅ Ajratilgan kvotalar;
📌 Tayanch doktorantura (PhD) uchun 3 ta o‘rin;
📌 Stajyor-tadqiqotchilik uchun 1 ta o‘rin;
Tayanch doktorantura (PhD) tanlovida qatnashuvchi talabgorlar tomonidan ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihonlari topshirilsa, stajyor-tadqiqotchilik yo‘nalishida ixtisosligi asosida suhbatdan o‘tiladi.
Oliy o‘quv yurtiga talab etiluvchi hujjatlar ro‘yxati:
✅Institut direktori nomiga ariza;
✅Qisqacha tarjimai hol (3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha yoki ruscha shaklida);
✅Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
✅Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;
✅Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (PhD uchun kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis, DSc uchun kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
✅Pasport / ID nusxasi;
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa);
✅Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B1” daraja, (stajyor-tadqiqotchilikka talab etilmaydi).
Barcha talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligining https://daraja.ilmiy.uz/ veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Hujjatlar 2024-yilning 15-sentabridan 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari va suhbat jarayonlari joriy yilning 5–25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.