Asosiy kontentga o'tish

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyati boshlanganidan buyon agentlik Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi, Xalqaro moliya korporatsiyasi va Fransiya taraqqiyot agentligi kabi xalqaro moliya institutlari bilan strategik muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. O‘z navbatida, bu hamkorlik turli tajribaga ega xalqaro ekspertlar bilan ishlash imkonini beradi.

Qisqa vaqt ichida xalqaro ekspertlar ko‘magida Agentlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish va uni zarur orgtexnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha yetarlicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-28-sonli qaroriga asosan yuqoridagi xalqaro moliya institutlari energiya bozorida o‘rnatilishi kerak bo‘lgan zarur qoidalar, me’yorlar va tartiblarni ishlab chiqishda yordam ko‘rsatmoqda. Xususan, energiya bozoriga bosqichma-bosqich o‘tish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilishning ro‘yxati va xronologiyasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, energiya bozorini yanada rivojlantirish va faoliyat yuritish uchun zarur standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etadigan bir qator jahonga mashhur maslahatchilarni jalb etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Yana bir muhim jihatni alohida qayd etish lozim, hamkorlik doirasida xalqaro moliya institutlari tomonidan O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda Agentlik uchun muhim bo‘lgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, treninglar, mahorat saboqlari tashkil etiladi.

236

Oxirgi yangilanish: 2024-04-12 09:34:36