2024-YIL YAKUNIGA KOʻRA KAMBAGʻALLIK DARAJASI 11 FOIZDAN 8,9 FOIZGA KAMAYDI
2025-02-02 09:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Oʻzbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambagʻallik darajasi aniqlandi.
📊 Unga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln. kishi yoki 2023-yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).
🔎Ushbu natija – Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangan.
📍Kambagʻallik darajasi eng yuqori pasayishlar:
👉 Buxoro viloyatida - 11,8 foizdan 8,7 foizgacha;
👉 Samarqand viloyatida - 10,5 foizdan 7,5 foizgacha;
👉 Namangan viloyatida - 10,4 foizdan 7,6 foizgacha;
👉Qoraqalpogʻiston Respublikasida - 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.
🟢2024-yilda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilgan choralar mamlakatda kambagʻallik darajasini pasaytirishga katta hissa qoʻshdi.
🔹Buning natijasida 2024-yilda aholining real daromadi 10,7 foizga oʻsib, jon boshiga oyiga oʻrtacha 2,1 mln soʻmdan toʻgʻri keldi (yil boshida – 1,7 mln soʻm).
Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:
- ish haqi – 42,6 foiz (2023-yilda – 41,9 foiz);
- tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz);
- pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz);
- qishloq xoʻjaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz);
- xorijdan pul oʻtkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz);
- boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz)ni tashkil etdi.
📈 Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga koʻpaydi.