Yoshlar bilan uchrashuv
2024-12-20 15:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra'no Turdiboyeva tizimda faoliyat olib borayotgan yigit-qizlar bilan uchrashdi.
Bugungi kunda vazirlik tizimida 1429 nafar yoshlar faoliyat olib bormoqda, bu umumiy xodimlar sonining 40 foizini tashkil etadi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda yoshlar uchun yaratilgan bugungi imkoniyatlar xususida so‘z bordi. Vazir o‘rinbosari yoshlarga ularning oʻz maqsadlariga erishishlari uchun kerakli tavsiyalar berdi. Ko‘zlangan natijani qoʻlga kiritishda astoydil harakat va bilim olish muhimligini qayd etdi.
Muloqot yakunida tizimdagi samarali mehnati, faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh yoshlar faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlandi.