PREZIDENT "MAHALLA BESHLIGI" O'Z SAMARASINI BERAYOTGANINI QAYD ETDI
2023-09-26 18:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
“Mahalla beshligi” tizimi o‘z samarasini berayotgani qayd etildi. Lekin bu bilan to‘xtab qolmaslik, mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.
Bugungi yig‘ilishga qadar mas’ullar mahallalarga borib, ulardagi haqiqiy holatni o‘rgandi, joylardan takliflarni to‘pladi.
Aniqlanganidek, “beshlik” yagona jamoa sifatida ishlamayapti, har biri o‘z vazirligiga hisobdor. Xususan, ijtimoiy daftarlardagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashda “beshlik”ning hamkorligi, mahalla raisining o‘rni bilinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Mehnat muhofazasiKasbga o'qitish va qayta tayyorlashYoshlar siyosatiKambag‘allikni qisqartirishKorrupsiyaga qarshi kurashXalqaro hamkorlikGender tenglikMehnat inspeksiyasiDavlat tomonidan tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashBandlikMehnat va mehnatga haq to‘lashAsosiy ko‘rsatgichlar va statistik ma’lumotlar
