KAMBAGʻAL OILALARGA IPOTEKA KREDITLARI AJRATILADI
2024-10-25 16:10:00 / Vazirlik yangiliklari
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to‘g‘risida"gi nizomni tasdiqlash haqida"gi (VM-691-sonli, 21.10.2024y.) qarori tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
- Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun Markaziy bank asosiy stavkasi(13,5%)dan to‘rt foiz bandga yuqori (17,5%) stavkada 120 mln so‘mgacha, 20 yilgacha muddatda ipoteka kreditlari ajratish;
- Ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lash;
- Ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartiblari tasdiqlandi.