«Ijtimoiy xizmatlarning kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni: Barqaror rivojlanish sari yo‘l»
2024-10-21 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari

#Live
Ayni damda Poytaxtimizda davom etayotgan xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida «Ijtimoiy xizmatlarning kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni: Barqaror rivojlanish sari yo‘l» mavzusida xalqaro davra suhbati boshlandi.
Tadbir Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda tashkil etilyapti.
Unda mahalliy hamkor tashkilotlar mas’ullaridan tashqari 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan eksperilar mavzuga doir ma’ruzalari va taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.
Davra suhbatida xalqaro tashkilotlarning iqtisodchilari va ekspertlari kambag‘allikka qarshi kurashning asosiy masalalarini muhokama qilishadi. Shuningdek, ushbu sohasidagi mamlakat tajribasi va xalqaro amaliyotlar bilan o‘rtoqlashishadi.
Ushbu davra suhbatini tashkil etishdan maqsad, xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar o‘rtasida Yangi O‘zbekistondagi demokratik islohotlar, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi dolzarb vazifalar, mamlakatda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy makon va muhit, davlat tashqi va ichki siyosatining ustuvor vazifalari to‘g‘risida fikr almashishdan iborat.
Xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonni kambag‘allikka qarshi samarali kurash olib borayotganini e’tirof etmoqda, bu esa xorijiy ekspertlar bilan o‘zaro tajriba almashish uchun yangi zamin yaratadi.Bundan tashqari yakunida ishlab chiqiladigan amaliy taklif va tavsiyalar jahon miqyosida kambag‘allikni kamaytirishda yangi qadam bo‘ladi.




