Ijodiy ta'tillar
2024-06-03 11:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:
falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga — 3 oygacha;
fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun — 6 oygacha.
Ilmiy daraja olishga da’vogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.
28.10.2022. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (lex.uz)
