audio

    18+
    Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti bo‘yicha rasmiy bayonot

    Ma’lumki, joriy yilning 1 mart sanasida Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti tomonidan yurtdoshlarimizni vaqtincha ishga yuborish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tanlovlarda 2,5 mingdan ortiq fuqaro qatnashgan va ularning orasidan 1 822 nafari ish beruvchining talablari asosida tanlab olingan.

    Shundan 1 687 nafar yurtdoshimiz tanlovlar o‘tkazish, ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, tarqatma materiallar tayyorlash, moslashtiruv kurslarini tashkil qilish kabi xizmatlar uchun shartnomaga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisobraqamiga 1 700 000 so‘mdan to‘lagan.

      Ularning 229 nafariga viza rasmiylashtirilgan hamda 46 nafari mart-aprel oylarida Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketgan. 183 nafari esa may-iyun oylarida borishi kerak edi. 

    Biroq, aprel oyiga kelib, suhbat jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning shaxsiy “gmail” elektron manziliga ularni ishga qabul qilish rad etilgani to‘g‘risida xabarlar kelgan. Bu esa “Telpasc” orqali ishga ketish uchun ro‘yxatdan o‘tgan hamyurtlarimizning haqli e’tirozlarini keltirib chiqardi. 

    Ushbu holat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan nazoratga olindi, “Telpasc” kompaniyasi bilan bog‘lanib, vaziyat bo‘yicha izoh so‘raldi. 

     Ulardan kelgan javob xatida Britaniya fermer xo‘jaliklarida kuzatilgan kuchli jala oqibatida qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bosgani, natijada O‘zbekistondan tanlab olingan fuqarolarning asosiy qismini joriy yilgi mavsumda ishga joylashtirish imkoniyati pasaygani ma’lum qilingan. 

    Biz nima bo‘lganda ham to‘lagan pulingizni oling va aloqani uzing, deyishdan yiroqmiz. Masalaning yechimi bo‘yicha Sizlarga ma’qul bo‘lgan qator varianlarni taklif qilamiz.

    Birinchidan, ishchi viza yoki kompaniya tomonidan mehnat shartnomasining loyihasi yuborilmagan bo‘lsa, Agentlikning hududiy filiallari xodimlari Sizlar bilan telefon orqali bog‘lanib,  xohishingizga ko‘ra, to‘lagan pulingizni hech qanday ortiqcha ovoragarchiliksiz, istalgan vaqtda plastik kartangizga o‘tkazib berilishini ta’minlaydi.

    Ikkinchidan, agar Siz shartnomada ko‘rsatilgan pul mablag‘larini qaytarib olmasdan kutaman va imkoniyat bo‘lishi bilan undan foydalanaman, desangiz, biz bunga ham tayyormiz.

     Vazirlik mas’ullari faqatgina “Telpasc” rekruting kompaniyasi bilan cheklanib qolmasdan, zudlik bilan ishchi guruh shakllantirib mutaxassislarni Britaniyaga xizmat safariga yuboradi. U yerda boshqa ish beruvchilar bilan ham muzokaralar o‘tkazib, imkoniyat bo‘lishi bilan birinchi galda ro‘yxatdan o‘tgan, to‘lovlarni amalga oshirgan yurtdoshlarimizni Angliyaga vaqtincha ishlash uchun jo‘natish choralarini ko‘radi. Tabiiyki, bu jarayon biroz vaqt oladi.

    • view_icon 14693