Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashi yig‘ilishi Xiva shahrida o'z ishini boshladi
2025-02-27 15:00:00 / Yangiliklar

Ayni damda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashining Xiva shahridagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda yurtimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan 16 ta diniy konfessiya vakillari qatnashmoqda.
Shuningdek, bu yildan e’tiboran, Kengash a’zolaridan tashqari respublika parlamenti, turli vazirlik va idoralar hamda tashkilot vakillari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Kengash respublika hududida faoliyat olib borayotgan barcha diniy konfessiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi maslahat organi bo‘lib, uning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi ham aynan dinlararo muloqotning rivojlanishi va yuzaga keladigan barcha masala va muammolarning bahamjihat hal etilishidan iboratdir.