Pensiya pulim tushadigan plastik kartam muddati oʻtib qoldi. Endi pensiyamni qanday olaman? Kimga murojaat qilishim kerak?
2025-04-22 17:30:00 / Jamg'arma yangiliklari
Javob: Pensiyani plastik kartada oluvchi pensionerning bank plastik kartasi muddati oʻtib qolgan boʻlsa, zudlik bilan yangi plastik karta ochtirish uchun bankka murojaat qilishi lozim.
Bank tomonidan ariza qabul qilingandan soʻng pensionerga yangi plastik karta ochiladi va keyingi oydan boshlab pensionerning pensiya mablagʻlari yangi plastik kartaga tushirilib beriladi.
Agarda plastik kartaning muddati oʻtganligi sababli, oʻsha oy uchun pensiya puli toʻlanmagan boʻlsa, keyingi oyning pensiyasiga qoʻshib toʻlab beriladi.
