Qoramollarda “Nodulyar dermatit” tarqalgani haqidagi xabar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
2025-11-03 09:00:00 / Yangiliklar

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qoramollar orasida “Nodulyar dermatit” (to‘qimali yoki tugunli teri yallig‘lanishi) kasalligi keng tarqalayotgani haqida turli xabarlar tarqaldi. Ularda ayni paytda mamlakat bo‘ylab chorva mollariga qarshi ommaviy emlash boshlangani, mazkur kasallik yuqumli bo‘lib, xatto o‘lim holatlariga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.
