Bo'sh ish o'rinlari
Ishga qabul qilish tartibi va yaratilgan sharoitlar
Hurmatli fuqaro!
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimiga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” Qonuni hamda Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi PF–5843-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (vacancy.argos.uz) dasturiy-apparat kompleksiga;
- Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlardagi e’lon sahifalariga joylashtiriladi.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimiga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi vakant lavozimlar
RO‘YXATI
Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisiga malaka talablar
Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi, AKT yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot, Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini yuritgan, yaylov yerlarini raqamlashtirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi, yaylov yer maydonlarini ortofotoplanlarni tayyorlash, belgilangan masshtablarda elektron xaritalarini yaratish, yaylovlarning holati, miqdori va chegaralariga aniqlik kiritishni bilishi kerak, yaylov yerlarini ijaraga berish, shartnomaviy . . . munosabatlarni monitoring qilinishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi, qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli yaylov ozuqabop o‘simliklar navlari to‘g‘risida qo‘llanmalar va uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqish, Normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, yozma va og‘zaki nutq madaniyati rivojlangan bo‘lishi, xizmat ma’lumotlari bilan ishlash tartibi, Kompyuterdagi dasturiy majmualarda erkin ishlashi, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, ArcGIS, QGIS, AutoCAD, Google Earth Pro, Outlook, Gmail, Zoom, Microsoft Teams dasturlarida ishlay olishi, Internet tarmog‘ida ishlay olish, Rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi.
Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha bo‘lim bosh mutaxassisiga malaka talablar
Xalqaro munosabatlar, veterinariya, iqtisodiyot, yo‘nalishida oliy ma’lumot, Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini yuritgan, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni amalga oshirish, ularning vakolatxonalari vakillari bilan o‘tkaziladigan Xalqaro muloqotlar va muzokaralarni tayyorlash hamda o‘tkazish, investitsion loyihalarni tashkil etish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim, soha bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat staji, ingliz va boshqa xorijiy tillarda erkin muloqot qilishi va ish yurita olishi lozim, Kompyuterdagi dasturiy majmualarda erkin ishlashi, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint dasturlarida ishlay olishi, Internet tarmog‘ida ishlay olish ustunlik beradi.
Toshkent viloyati bo'yicha vakansiya lavozimlari
Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar)ga ishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish:
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali amalga oshiriladi.
Portalga kirish: https://vacancy.argos.uz/
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi tizimidagi vakant lavozimlarga qo'yiladigan malaka talablari
Ish tartibi:
Ish kunlari — dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma.
Dam olish kunlari — shanba, yakshanba.
Ish vaqti - 09:00 dan 18:00 gacha.
Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li 21-A uy.
Telefon: (71) 202–12–00 (205)
Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 30-yanvargacha.
