QO‘MITADA UMUMMILLIY DIKTANT LOYIHASI O‘TKAZILDI
2025-10-31 09:10:00 / Ma'naviyat va ma'rifat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorining 7-bandi g ustunida har yili oktabr oyida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirlik va idoralar bilan birgalikda umummilliy diktant loyihasini o‘tkazish vazifasi belgilab berilgan.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan bugun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari o‘rtasida umummilliy diktant loyihasi o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan ushbu loyihani hamkorlikda o‘tkazish uchun Markazning Vazirlik va idoralar bilan hamkorlik bo‘limi mas’ul xodimi Zikirova Mag‘firat Soliyevna ishtirok etdi.
Unda xodimlar “Ona tili bu millatning ruhidir” mavzusida diktant yozishdi.





