QISHLOQ AYOLIGA EHTIROM.
2025-10-16 10:25:00 / Ma'naviyat va ma'rifat

BMT Bosh Assambleyasi 2007-yil 18-dekabrda qabul qilgan "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida"gi rezolyusiyaga muvofiq, 15 -oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan. Mamlakatimizda bir necha yildirki, bu sana respublika miqyosida keng nishonlanmoqda.
Xususan, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimida ham joriy yilda mamlakatimiz qishloqlarida istiqomat qiluvchi, shuningdek, sohada ishlab kelayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Ushbu sana munosabati bilan Buxoro viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida ham “Qishloq ayoliga ehtirom” nomli ma’naviy-madaniy tadbir tashkil etildi. Unda 50 nafarga yaqin xotin-qizlarga respublikada epizootik barqarorlik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotganligi, veterinariya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari, kasbga bo‘lgan fidoyiligi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda “15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan qo‘mita raisining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.
Tadbir davomida go‘sht va sut mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. O‘tkazilgan tadbir ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.


