Xalqaro hamkorlik borasida muhim tashabbuslar ilgari surildi
2025-10-15 15:20:00 / Yangiliklar

Qo‘mita Bahrom Norqobilov boshchiligidagi delegsiya Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasidagi import va eksport oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik mexanizmining ikkinchi konferensiyasida ishtirok etmoqda.
Konferensiya hamkor davlatlar o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, mahsulotlarning import va eksport jarayonlarida sifat hamda xavfsizlik standartlarini muvofiqlashtirishda muhim platforma hisoblanadi.
Muloqot davomida ishtirokchi mamlakatlar oziq-ovqat mahsulotlari nazorati, sanitariya va fitosanitariya choralari, hamda laboratoriya sinovlarining tan olinishi bo‘yicha kelishuv masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti va Jahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkiloti talablariga moslashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida axborot almashinuvi va ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda Bahrom Norqobilov maʼruza qilib, ko‘p tomonlama hamkorlik yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
