Yevropa mintaqasiga kiruvchi 53 ta davlat ishtirokida mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
2025-09-26 11:05:00 / Yangiliklar

Qo‘mita raisi o‘rinbosari Abrar Akbarov boshchiligidagi delegatsiya Serbiya davlati Belgrad shaxrida Jahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkiloti (JXST) tomonidan tashkil etilgan birinchi GF-TADs Mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etmoqda.
Tadbir mayda shoxli mollar o‘lati bo‘yicha mintaqaviy “Yo‘l xaritasi” ijrosi, transchegaraviy kasalliklarga qarshi kurashish kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlanadi.
O‘zbekiston 2019 yildan beri mintaqada (10 ta davlat) mayda shoxli hayvonlar o‘lat kasalligi bo‘yicha kengashga raislik qiladi.
Abror Akbarov mayda shohli hayvonlarning o‘lat kasalligiga oid xududiy yo‘l xaritasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maruza qildi.
Konferensiya doirasida JHST Yevropa mintaqasi bo‘yicha asosiy guruh (RCG) azolarining uchrashuvida ishtirok etib, mintaqaga oid masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida Serbiya qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari hamda qator davlatlarning delegatsiyalari bilan uchrashuv va muhokamalar rejalashtirilgan.


