Import go‘sht tekshiruvdan o‘tkazilmoqda
2025-09-19 10:15:00 / Yangiliklar

Poytaxtimiz bozorlarida sotilayotgan import go‘shtining sifati va xavfsizligi qatʼiy nazorat qilinmoqda.
Jumladan, qo‘mita huzuridagi Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi mutaxassislari belgilangan tartibda import go‘shtidan namunalar olib, veterinariya-sanitariya meʼyorlariga asosan laboratoriya tahlillari o‘tkazmoqda.
Taʼkidlash kerak, labaratoriya tahlillari natijasida bozorlarda sotilayotgan import go‘shtining isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanmadi.



