Prezident qarori ijrosi monitoring qilindi
2025-09-18 10:15:00 / Yangiliklar

Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi Ishchi guruh davlatimiz rahbarining “Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini monitoring qilish maqsadida Namangan viloyatidagi “Uychi parranda” masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi.
Kuzatuvlar davomida qaror ijrosi bilan birga ish jarayonidagi mehnat xavfsizligi va mahsulot sifatini taʼminlash bo‘yicha xalqaro meʼyorlarga amal qilinishi, mahsulotning jahon standartlariga mosligi ko‘rib chiqildi.
Taʼkidlash kerak, korxonaning tovuq so‘yish sexi zamonaviy standartlarga javob beradigan uskunalar bilan to‘liq jihozlangan bo‘lib, soatiga 6000 bosh parrandani so‘yish quvvatiga ega. Sovutish tizimi to‘liq avtomatik tarzda ishlaydi va ammiak sovutish texnologiyasi qo‘llaniladi. Uskunalar Niderlandiya, Polsha hamda Turkiyadan olib kelingan.




