Yuqumli kasalliklar profilaktikasi muhokama qilindi
2025-09-16 10:00:00 / Yangiliklar

Jalaquduq tumanidagi “Bo‘rdoqi” naslchilik xo‘jaligida hayvondan odamga yuqadigan kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va profilaktik ishlarni to‘g‘ri tashkil etishga doir amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda aholi xonadonlari va chorvachilik subyektlaridagi mavjud hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek naslchilik ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Seminarda veterinariya servis xizmatlarini takomillashtirish, aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini izchil yo‘lga qo‘yish, kuzgi emlash tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


