Qiziqish bildirish uchun so‘rovnoma
2025-08-05 09:10:00 / Tender va e’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan MAR va MBRR ishtirokida «Qoychilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini moliyalashtirish uchun kredit oldi va mablag‘larning bir qismini mazkur loyiha doirasida quyidagi konsalting xizmatlarini ko‘rsatish uchun konsalting firmasini (keyingi o‘rinlarda «Konsultant» deb ataladi) jalb etishga yo‘naltirmoqchi:
SLSDP/CQS/08 – «Qurilish loyihalash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha konsalting kompaniyasini jalb etish».
Konsultant «Qoychilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)» Loyihasini amalga oshirish guruhi (LAG)ga qurilish loyihalash ishlarini olib borishda xizmat ko‘rsatadi. Konsultant zimmasiga yuklanadigan vazifalar Texnik topshiriqda batafsil bayon etilgan.
Mazkur topshiriqni bajarish bo‘yicha shartnoma tuzuvchi tashkilot – «Qoychilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)» LAG (keyingi o‘rinlarda «Buyurtmachi» deb ataladi) hisoblanadi.
Buyurtmachi tegishli konsalting tashkilotlarini («Konsultantlar») xizmat ko‘rsatishga qiziqish bildirishga taklif etadi.
Qiziqish bildirgan Konsultantlar o‘zlarida zarur malaka va tegishli tajriba mavjudligini namoyon etuvchi to‘liq ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak, jumladan:
-
kompaniya profili, shartnoma amal qilish muddati, summa, umumiy loyiha qiymati, ishtirok ulushi, boshlanish va tugash sanasi;
-
binolar va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalash, mualliflik nazorati va loyiha boshqaruvi bo‘yicha kamida 5 yillik tajriba;
-
so‘nggi 5 yilda xizmatlar byudjeti kamida 0,2 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan 2 ta sanoat va fuqarolik qurilishi loyihasini bosh kompaniya sifatida muvaffaqiyatli amalga oshirgan tajriba;
-
«Shaffof qurilish» elektron reytingi C darajasidan past bo‘lmasligi;
-
so‘nggi 3 yilda yillik aylanma hajmi kamida 0,2 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmasligi;
-
so‘nggi 3 yilda yillik ijobiy balansga ega bo‘lishi.
Firmaning texnik va boshqaruv tuzilmasi (faqat tashkilot tuzilmasi, umumiy malaka va asosiy xodimlar soni ko‘rsatiladi). Asosiy xodimlarning rezyumelarini taqdim etmang. Asosiy mutaxassislar saralash bosqichida baholanmaydi.
Konsultantlar o‘z malakasini oshirish uchun boshqa firmalar bilan qo‘shma korxona yoki subkonsultant sifatida birlashishlari mumkin.
Qiziquvchi Konsultantlarning e’tibori Jahon bankining FIP qarz oluvchilar uchun xarid qoidalari (2016 yil iyul, 2017 yil noyabr, 2018 yil iyul, 2020 yil noyabr, 2023 yil sentyabrda qayta ko‘rib chiqilgan) 3.16, 3.17, 3.21 va 3.22-bandiga qaratiladi. Ushbu bandda Jahon bankining manfaatlar to‘qnashuvi va huquqiylikka oid siyosati bayon etilgan.
Konsultant tanlash Jahon bankining FIP qarz oluvchilar uchun xarid qoidalarida nazarda tutilgan «Konsultant malakasiga asoslangan tanlov» (CQS) usuli orqali amalga oshiriladi.
Qiziqish bildirish 2025 yil 18 avgust kuni soat 16:00 (Toshkent vaqti) gacha quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim. Keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
«Qoychilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)» Loyihasini amalga oshirish guruhi, MAR va MBRR ishtirokida
O‘zbekiston Respublikasi, 100022
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kushbegi ko‘chasi, 22-uy, 3-qavat (Xaridlar bo‘limi)
Tel: (+998 97) 155 50 54; (+998 90) 940 55 12
Email: slsdp.procurement@gmail.com
